Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Dunyo 24/06/2025 Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi

Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi

Surat: Oq uy

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini eʼlon qildi. Ushbu kelishuv 12 kun davom etgan qurolli to‘qnashuvni rasman yakunlashi kutilmoqda. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar to‘liq va umumiy sulhga kelishgan. U olti soatdan so‘ng — har ikki davlatning amaldagi operatsiyalari yakunlanganidan keyin — kuchga kiradi. O‘t ochishni to‘xtatish 12 soat davom etadi, shundan so‘ng mojaro rasman tugagan deb eʼlon qilinadi.

Tramp aniqlik kiritganidek, birinchi bo‘lib harbiy harakatlarni Eron to‘xtatadi, Isroil esa unga 12 soat o‘tib qo‘shiladi. Shu tariqa, 24 soat o‘tgach, 12 kunlik urushning rasman yakunlanishi qayd etiladi.

Amerika rahbari, shuningdek, har ikki tomonga jasorat, matonat va aql-zakovat uchun minnatdorlik bildirdi. Uning taʼkidlashicha, ana shu sifatlar uzoqqa cho‘zilgan qurolli to‘qnashuvga barham berish imkonini berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling