Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
O‘zbekiston 08/05/2025 "Toza qo‘llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

"Toza qo‘llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Sog‘liqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan "Toza ko‘llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, "Toza qo‘llar" dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida:

sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda taʼminlanadi;

ichimlik suvi taʼminoti va sanitariya-gigiyena obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;

aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali maʼlumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenaning "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident Farmoniga muvofiq, yil 1 maydan barcha sog‘liqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshirilishi belgilangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling