“Toshshaxartransxizmat” avtobus harakat intervallari ortishi ehtimoli haqida ogohlantirdi
“Toshshaxartransxizmat” avtobus harakat intervallari ortishi ehtimoli haqida ogohlantirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda yo‘l-transport vaziyati murakkashlashgan va shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida harakat qiyinlashgani bois, bir qator avtobus yo‘nalishlarida tasdiqlangan jadvaldan chetlashish, shu jumladan harakat intervallari ortishi mumkin. Bu haqda “Toshshaxartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati xabar qildi.
Kompaniya shaxsiy avtomobillarni boshqaruvchilarga yo‘l sharoitlarini hisobga olish va fursat bo‘lganda, qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslikka chaqiruv yo‘lladi.
Shuningdek, tezlik talablariga o‘ta hushyor bo‘lishlarini taʼkiddi.
Piyodalarga yo‘lni kesib o‘tishda yuqori ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinmoqda.
Shahar yo‘llariga tirbandliklarni oldini olish maqsadida poytaxt aholisi imkoniyat bo‘lsa, jamoat transportidan foydalanishi tavsiya qilinadi.