Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
Toshkentning yangi aeroportiga alohida metro yo‘li quriladi

Toshkentning yangi aeroportiga alohida metro yo‘li quriladi

Toshkentning yangi aeroportiga alohida metro yo‘li quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentning yangi xalqaro aeroportiga alohida metro yo‘lini tortish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” dasturida maʼlum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi metro yo‘li poytaxtni Yangi Toshkent bilan bog‘laydi, shahardan terminalgacha bo‘lgan yo‘l 25 daqiqadan oshmaydi. Marshrutning umumiy uzunligi taxminan 24 kilometrni tashkil etadi.

Aeroport qurilishi hamda havo parkni 105 ta samolyotdan 180 tagacha kengaytirish loyihasi, dastlabki baholarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotiga yiliga taxminan 770 million dollar daromad keltiradi.

Yo‘lovchilar qulayligi uchun maxsus shattllar yo‘lga qo‘yiladi va kompleks kelgusidagi metro yo‘li bilan integratsiya qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling