Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
Toshkentning Sergeli tumanida avtobus yonib ketdi — jabrlanganlar yo‘q

Toshkentning Sergeli tumanida avtobus yonib ketdi — jabrlanganlar yo‘q

Toshkentning Sergeli tumanida avtobus yonib ketdi — jabrlanganlar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri Sergeli tumanida 18 fevral kuni avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Yangi Sergeli ko‘chasidagi yong‘in haqida xabar soat 12:02 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 12:07 da, yaʼni besh daqiqadan so‘ng yetib borgan, yong‘in esa 12:09 da to‘liq bartaraf etilgan.

FVB maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in shaharning 4-avtoparkiga tegishli avtobusda yuz bergan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling