Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 04/08/2025 Toshkentliklar tez tibbiy yordam brigadasining harakatini ularning chaqiruviga ko‘ra ko‘rishlari mumkin bo‘ladi

Toshkentliklar tez tibbiy yordam brigadasining harakatini ularning chaqiruviga ko‘ra ko‘rishlari mumkin bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Respublika tez tibbiy yordam markazi aholi tez tibbiy yordam brigadasi qayerda joylashgani va qanchalik tez yetib borishini ko‘rish imkonini beruvchi tajriba loyihasini ishga tushirdi. Yangi yechim dispetcherlarning ish yuklamasiini sezilarli darajada kamaytirishi kerak. Loyiha “Yandex Uzbekistan”ning texnologik yechimi yordamida amalga oshirildi: tez tibbiy yordam brigadasining harakatlarini brauzerda elektron xaritada, kelajakda esa «Yandex Go» mobil ilovasida kuzatish mumkin bo‘ladi.

Tez tibbiy yordam chaqirgandan so‘ng, tizim avtomatik ravishda brigadaning harakati real vaqt rejimida ko‘rsatiladigan elektron xaritaga havola bilan SMS-xabar yuboradi. Loyihaning keyingi bosqichida foydalanuvchilar «Yandex Go» mobil ilovasidan brigadaning joylashuvi va uning kelishining taxminiy vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan push-bildirishnomalarni olishadi. Ushbu maʼlumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovadan baham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Loyiha tez tibbiy yordam faoliyatida shaffoflikni oshirish va dispetcherlarning ish yuklamasini kamaytirishga qaratilgan. Yechim Yandex Mapsdan JavaScript API yordamida amalga oshirildi.

Respublika tibbiy tibbiy yordam markazi maʼlumotlariga ko‘ra, dispetcherlar mamlakatimiz bo‘ylab har kuni o‘rtacha 40 mingtagacha kiruvchi chaqiruvlarni qabul qiladi, ularning 60 foizi shoshilinch holatlaridir.

"Raqamlilashtirish jarayonlarni yana-da shaffof va insonlar uchun ochiq qiladi. Umid qilamizki, tez tibbiy yordam brigadasi qayerda joylashganligi to‘g‘risida maʼlumot brigadani qabul qilishga tayyorgarlikni tezlashtirishga yordam beradi. Hozirda bu yechim Toshkent shahrida shoshilinch chaqiruvlar uchun amal qiladi, biroq biz kelajakda loyihani kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz”, — taʼkidlaydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov.

Respublika tez tibbiy yordam markazi mamlakatimizning barcha fuqarolariga tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatish sifati, qulayligi va samaradorligini oshirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etishni davom etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling