Valyuta kurslari 16/06/2025
$1 – 12760.21
UZS – 0,43%
€1 – 14704.87
UZS – 0,0%
₽1 – 160.08
UZS – 0,55%
Qidirish
Iqtisod 16/06/2025 Toshkentdan Dalamanga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarning yangi mavsumi ochildi

Toshkentdan Dalamanga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarning yangi mavsumi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Asialuxe Travel"  “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” bilan hamkorlikda Toshkent – Dalaman yo‘nalishi bo‘yicha Turkiyaga charter reyslarining yangi mavsumini ochdi.

Bu marshrut oʻzbekistonlik sayyohlar uchun yillik an'anaga aylandi – Egey dengizi sohilidagi eng yaxshi kurortlar: Marmaris, Fethiye, Oludeniz, Goʻchekga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl.

Birinchi reysning yo‘lovchilari an’anaga ko‘ra Toshkent aeroportida tantanalar bilan ro‘yxatdan o'tkazildi, shuningdek, Dalaman aeroportida ham ularni kutib olish marosimi bo'ldi.

Dalamanga reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, "Asialuxe Travel" bilan hamkorlikda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bortida charter reyslari har kuni Antaliyaga, haftada bir marta payshanba kuni Alaniyaga va chorshanba kunlari Bodrumga amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling