Toshkentdagi markaziy ko'chalar harbiy parad uchun vaqtincha yopiladi
Toshkentdagi markaziy ko'chalar harbiy parad uchun vaqtincha yopiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan 18-noyabr kuni poytaxtimizning asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida soat 15.00 da koʻrgazmali chiqishlar bilan boshlanadi.
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlangan harbiy boʻlinmalarning “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi maydonida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.
2025-yil 18-noyabr kuni poytaxtimizning quyida keltirilgan ko‘chalarida soat 15.00 dan soat 17.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:
Qora qamish – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
Zarqaynar – Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Beshyog'och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.
Haydovchilarga oldindan harakat yo‘nalishini rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.