Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
O‘zbekiston 25/06/2025 Toshkentdagi halqa metro yo‘lini rekonstruksiya qilishda kamchiliklar aniqlandi — Bosh prokuratura

Toshkentdagi halqa metro yo‘lini rekonstruksiya qilishda kamchiliklar aniqlandi — Bosh prokuratura

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport prokurori Ikrom Narimov rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» deb nomlangan yer usti halqa yo‘lining qurilish ishlari yuzasidan joyiga chiqib tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xusuchan, buyurtmachi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va pudratchi “Ko‘prikqurilish” AJlar ishtirokida “Metropoliten”ning 1 va 2-bosqichlari oralig‘ida joylashgan “Texnopark - Qipchoq” bekatlari o‘rtasidagi uchastkada olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida qator kamchilik va xato holatlar aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar loyiha talablariga to‘liq muvofiq holda qayta ko‘rib chiqilishi va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Qurilish ishlarining shaffofligi, yo‘lovchilar xavfsizligi va transport infratuzilmasining barqarorligini taʼminlash mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Bosh prokuratura ushbu obyekt tegishli idoralar tomonidan doimiy nazorat ostida ekanini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling