Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Toshkentdagi avtobus bekatida MAN avtobusi yonib ketdi, hech kim jabrlanmagan

Toshkentdagi avtobus bekatida MAN avtobusi yonib ketdi, hech kim jabrlanmagan

Toshkentdagi avtobus bekatida MAN avtobusi yonib ketdi, hech kim jabrlanmagan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Toshshahartransxizmat" AJ o'zining 5-avtobus saroyida sodir bo'lgan yong'in haqida izoh berdi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 2026-yil 13-yanvar kuni taxminan soat 02:03 da 01 903 OJA davlat raqamiga ega (saroy raqami 012) 2018-yilda ishlab chiqarilgan MAN A22 CNG avtobusi yonib ketdi. Filial navbatchi nozimalari bu haqda soat 02:10 da 101 favqulodda raqamiga xabar berishdi.

Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi o‘t o‘chirish bo‘linmasi soat 02:20da filial hududiga yetib kelgan va yong‘in soat 02:40da to‘liq bartaraf etilgan.

Mazkur avtobusga biriktirilgan haydovchi Maxmudov Murodjon (1979-yilda tug‘ilgan, umumiy ish staj 10 yil, filialda 3 yil) 101-sonli yo‘nalishda harakatlangan bo‘lib, 2026-yil 12-dekabr kuni soat 04:16da navbatchi mexaniklar tekshiruvidan o’tib avtobusni texnik soz holatda soat 05:33 da filial hududidan olib chiqqan hamda yo‘nalishda qatnovlarni to’liq bajarib soat 22:00larda yakunlagan.

Shundan so‘ng haydovchi “Davron sifatli gaz” MCHJ gaz quyish shaxobchasiga borib, avtobusga gaz quydirgan va soat 23:29 da filial hududiga qaytib kelib avtobusni eshiklarini yopgan holda safga qo’ygan.

Mazkur holat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Tergov natijalari keyinroq e'lon qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling