Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
Toshkentda YTHda avtomobil yonib ketdi

Toshkentda YTHda avtomobil yonib ketdi

Toshkentda YTHda avtomobil yonib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-oktabr kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko'chasida Lacetti rusumli avtomashinasi va Cobalt rusumli avtomashinalari to’qnashishi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan. To’qnashuvdan so’ng Lacetti avtomashinasida yong’in yuzaga kelgan.

YTH natijasida Cobalt avtomashina yo'lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, tezlikni oshirmaslikka, yoʻllarda ehtiyot boʻlishga chaqiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling