Valyuta kurslari 15/12/2025
$1 – 12097.93
UZS – 0,42%
€1 – 14194.50
UZS – 0,68%
₽1 – 151.77
UZS – -0,09%
Qidirish
Toshkentda Yangi yil tadbirlari munosabati bilan avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari munosabati bilan avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari munosabati bilan avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi yil bayram tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish, shuningdek jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida avtotransport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi.

2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 15 yanvarga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon hududida harakat cheklanadi. Xususan, Zarafshon ko‘chasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi nazorat-o‘tkazish punktidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismda, Istiqlol ko‘chasida Amir Temur shohko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda, shuningdek Buyuk Turon ko‘chasida Istiqlol ko‘chasidan Yoshlar ijodi saroyigacha bo‘lgan qismda avtotransport harakati cheklanadi.

2025 yil 17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvarga qadar gastronomik-turistik Taras Shevchenko ko‘chasi hududida ham harakatga cheklovlar amal qiladi. Bu davrda Taras Shevchenko ko‘chasida Fidokor ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, shuningdek Sayyid Baraka ko‘chasida Oybek ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda avtotransport harakati cheklanadi.

Haydovchilarga harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, yo‘l harakati tashkil etilishidagi vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling