Valyuta kurslari 02/06/2025
$1 – 12790.43
UZS – 0,17%
€1 – 14486.44
UZS – 0,6%
₽1 – 162.60
UZS – -0,02%
Qidirish
O‘zbekiston 16/05/2025 Toshkentda Xalqaro Iqlim Kuni munosabati bilan Global yoshlar festivali boshlandi

Toshkentda Xalqaro Iqlim Kuni munosabati bilan Global yoshlar festivali boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan O‘zbekiston poytaxtida Global yoshlar festivali o‘z ishini boshladi. Bu — barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yoshlarni global muloqotga faol jalb qilishga qaratilgan xalqaro tashabbusdir.

Forum yosh liderlar va davlat idoralari vakillari o‘rtasida g‘oya va tajriba almashish uchun samarali platforma bo‘ladi. Unda ekologik muammolarni hal etishda innovatsion yondashuvlar muhokama qilinadi.

Festival doirasida Raqamli “yashil” tashabbuslar haftaligi ochilishi bo‘lib o‘tdi. “Zamin” jamg‘armasi Kuzatuv kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tadbirda ishtirok etib, yosh ekologik startaplar va loyihalar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, u ishtirokchilar bilan birga qayta ishlangan materiallardan buyumlar yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Ziroat Mirziyoyeva yosh ekologik faollar bilan uchrashib, festivalning eng kichik mehmonlariga hamrohlik qildi. Yapon bog‘idagi samimiy muhitda bolalar bilan birga kitob o‘qidi va “Yashil makon” hamda “Bek va Lola” kabi ekologik animatsion filmlarni tomosha qildi. Har bir xohlovchi bu maydonni hafta oxiriga qadar bepul tashrif buyurishi mumkin.

Festival to‘rtta mavzuli haftalikni o‘z ichiga oladi va 15 maydan 30 iyungacha Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Unda 50 dan ziyod mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq yoshlar tashkilotlari vakillari, xalqaro ekspertlar, mutaxassislar va faollar ishtirok etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling