Toshkentda UzVC Demo Day va Markaziy Osiyo venchur konferensiyasi 2025 bo'lib o'tdi
Toshkentda UzVC Demo Day va Markaziy Osiyo venchur konferensiyasi 2025 bo'lib o'tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent shahridagi “U-ENTER” innovatsion markazida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzVC” milliy venchur fondi – fondlar fondi tomonidan tashkil etilgan “UzVC Demo Day & Central Asia Venture Conference 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda venchur fondlar, startap asoschilari, akseleratorlar, texnologik kompaniyalar, yuridik va moliyaviy maslahatchilar hamda xalqaro investorlar, jumladan AQShning “Techstars”, “Orbit Ventures” va “Elpis Labs”, Yevropaning “Tensor Ventures” va “Domino Ventures”, Buyuk Britaniyanjng “LTV Capital”, “Sturgeon Capital”, Yevropa mamlakatlari venchur fondlari hamda “Big Sky Cpital”, “Activat VC”, “MOST Ventures”, “Activat VC”, “White hill capital” kabi kompaniyalar hamda akselerator tashkilotlarining vakillari qatnashdi.
Tadbir doirasida “UzVC” milliy venchur fondi – fondlar fondi hamda Qozog‘istonning “Alem Venture Fund” Fondlar fondi bilan birgalikda “Big Sky Capital” venchur fondiga mablag‘larni boshqaruvga berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Shu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzVC” milliy venchur fondi, “AKS Services Group” vakillari, IFC, Asian Development Bank, UNDP, “Techstars”, “Orbit Ventures”, “Tensor Ventures”, “LTV Capital” kabi hamkorlar bilan uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilib, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilinib, kelishib olindi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, startaplar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari, shuningdek, “SGP 2.0” dasturining dastlabki natijalari muhokama qilindi.
“Startup Growth Program 2.0” dasturida ishtirok etgan 12 ta startap xalqaro investorlar, akseleratorlar va ekspertlar oldida taqdimotlarini (Pitch) amalga oshirdi va ularga potensial investorlar tomonidan qiziqishlar bildirildi.