Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Toshkentda tungi turistik avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda tungi turistik avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda tungi turistik avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda poytaxtning turistik ko‘chalarini bog‘laydigan tungi avtobus yo‘nalishlari ishga tushiriladi. Bu haqdagi qaror 3 sentyabr kuni shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, transport brutto-kontrakt tizimi asosida faoliyat yuritadi va yangi yo‘nalishlarda yo‘lkira haqi shahar jamoat transportining amaldagi tariflari darajasida belgilanadi.

Avtobuslar zamonaviy standartlarga javob beradi: konditsioner, Wi-Fi, video kuzatuv tizimi bilan jihozlanadi hamda nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun moslashtiriladi.

Toshkent turizm boshqarmasiga transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishlar haqida aholi va shahar mehmonlarini OAV, rasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali faol xabardor qilish topshirildi.

Qaror ijrosi ustidan nazorat xalq deputatlari Kengashining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda poytaxt hokimining o‘rinbosarlariga yuklatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling