Toshkentda Transport vazirligi binosi elektron auksionda 187,7 mlrd so‘mga sotildi
Toshkentda Transport vazirligi binosi elektron auksionda 187,7 mlrd so‘mga sotildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtning Shayxantaxur tumanidagi Transport vazirligi binosi uchun elektron savdolar yakunlandi.
Binoning umumiy maydoni 5 851 kv. mni, yer uchastkasi esa 0,62 gektarni tashkil qiladi.
Xaridor obyektdan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq ofis faoliyati va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanishga majbur.
Lotning start bahosi 110,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. 1 soat 17 daqiqa davom etgan savdolarda 14 ta taklif berilgan. SamaradorMCHJ 187,7 milliard so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri (KTBR) maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya 2017 yil 31 avgustda Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan, ustav kapitali 25,7 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Asosiy faoliyat turi biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hisoblanadi.