Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Toshkentda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in 1 may kuni ertalab Qo‘shbegi ko‘chasidagi sintifon ishlab chiqarish sexida yuzaga kelgan. Yong‘in haqidagi xabar soat 07:01 da tushgan va uch daqiqa o‘tib, 07:04 da yong‘in o‘chirish va qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib kelgan.

Yong‘in soat 07:45 da lokallashtirilgan va to‘liq o‘chirilgan vaqti 08:09 ni tashkil etgan.

Hozircha jabrlanuvchilar haqida maʼlumot berilmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling