Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 18/04/2025 Toshkentda Tesla elektromobili yonib ketdi

Toshkentda Tesla elektromobili yonib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17 aprel kuni tungi soatlarda Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Yalangach ko‘chasida Tesla rusumidagi elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in haqida xabar soat 23:51 da kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv guruhlari besh daqiqa ichida hodisa joyiga yetib borib, soat 23:59 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan. Yaxshiki, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.

Hozirgi vaqtda mutaxassislar yong‘inning sabablarini aniqlash va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini baholash bilan shug‘ullanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling