Valyuta kurslari 11/12/2025
$1 – 12020.90
UZS – 0,15%
€1 – 13988.72
UZS – 0,01%
₽1 – 155.49
UZS – -0,76%
Qidirish
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million soʻm tovlamachilik qilganlikda ayblanib qoʻlga olindi

Toshkentda soliq inspektorlari 10 million soʻm tovlamachilik qilganlikda ayblanib qoʻlga olindi

Toshkentda soliq inspektorlari 10 million soʻm tovlamachilik qilganlikda ayblanib qoʻlga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganligini vaj qilib, to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga 10 mln so‘m talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling