Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida avtomobil yondi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 2 aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Modera Towers majmuasi yaqinida Lacetti avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.
Hodisa natijasida kuchli tutun yuzaga kelib, Shota Rustaveli ko‘chasining maʼlum qismida ko‘rish imkoniyati vaqtincha cheklandi.
Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelib, o‘n daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in paytida avtomobil salonida hech kim bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q.
Favqulodda xizmatlar ishi yakunlandi, ko‘chada harakat tiklanib, odatiy tartibda amalga oshirilmoqda.