Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Toshkentda sakkizta yangi tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari tayinlandi

Toshkentda sakkizta yangi tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari tayinlandi

Toshkentda sakkizta yangi tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahridagi 8 ta tuman soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Soliq qo‘mitasi raisi Farruh Po‘latovning tegishli buyruqlari bilan quyidagilar tuman soliq inspeksiyalari boshliqlari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi: Uchtepa tumaniga — Malikov Abdumuxtor Abdugafurovich, Yangihayot tumaniga — Maxmudov Mirqosim Aziz oʻgʻli, Bektemir tumaniga — Burxonov Jamshid Melikovich, Chilonzor tumaniga — Kadirov Iskandarjon Solijonovich, Yunusobod tumaniga — Tashpulatov Kamoliddin Yuldashevich, Mirzo Ulugʻbek tumaniga — Xatamov Ulugʻbek Aktamovich,Shayxontohur tumaniga — Abduvahobov Navroʻz Abduvaxob oʻgʻli, Sergeli tumaniga — Kabilov Firdavs Shuxratovich soliq inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Shuningdek, o‘tgan hafta Toshkent shahar soliq boshqarmasining yangi rahbari ham tayinlandi. Boshliq vazifasini bajaruvchi etib Jahongir Mirpo‘latov tayinlandi. Ilgari u Soliq qo‘mitasida yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamentiga rahbarlik qilgan.

Ushbu tayinlovlar tuman soliq inspeksiyalari faoliyatini mustahkamlash va soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling