Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Toshkentda Rossiya kompaniyalari ishtirokida B2B va B2G muzokaralari bo'lib o'tdi

Toshkentda Rossiya kompaniyalari ishtirokida B2B va B2G muzokaralari bo'lib o'tdi

Toshkentda Rossiya kompaniyalari ishtirokida B2B va B2G muzokaralari bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan tashrif buyurgan 10 ta yetakchi kompaniya ishtirokida B2B va B2G muzokaralari o‘tkazildi.

Muzokaralar markazida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, O‘zbekiston bozoriga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘ldi. Rossiya tomoni konchilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mebelsozlik va boshqa turdosh yo‘nalishlarda aniq takliflarini taqdim etdi.

Tashrif doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Konchilik sanoati va geologiya vazirligi hamda qator tarmoq birlashmalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tomonlar uskunalar yetkazib berish, servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling