Toshkentda rezidentlik avtoturargoh: yillik ruxsatnoma 412 000 so‘m turadi
Toshkentda rezidentlik avtoturargoh: yillik ruxsatnoma 412 000 so‘m turadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakov 25 dekabr kuni poytaxtda rezidentlik avtoturargohining qiymatini tasdiqladi.
Qarorga muvofiq, yaqin atrofdagi uylarda yashovchi aholi uchun yillik rezidentlik ruxsatnomasi barcha beshta tarif zonasida 1 bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 so‘mni (35 AQSH dollaridan kam) tashkil etadi.
Hujjat 2024 yil oktyabrida pulli avtoturargohlar joriy etilgan hokim qarorlariga o‘zgartishlar kiritadi. Yangi qoidalar 2026 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.
Tungi vaqt uchun — soat 20:00 dan 8:00 gacha — rezidentlik ruxsatnomasi bepul beriladi. Ruxsatnoma olish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Rezidentlar deb pulli parkovkalar joylashgan yoki ularga yaqin maxallalardagi uylarda avtomobil va mulkka egalik qiluvchi fuqarolar tushuniladi.
Ruxsatnoma bir yilga bitta avtomobil uchun beriladi va elektron reyestrda saqlanadi. Bir manzilga ikki tadan ortiq rezidentlik kelishuvi rasmiylashtirib bo‘lmaydi.
Pulli avtoturargohlar tizimi 2025 yil 8 maydan ish boshlagan.
Uni Streetpark Systems kompaniyasi (Poytaxt Parking brendi) boshqaradi. Tariflar zonaga qarab soatiga 5 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha, avtoturargohning dastlabki besh daqiqasi esa bepul hisoblanadi.