Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
Toshkentda qiymati 200 million dollarlik besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilishi davom etmoqda

Toshkentda qiymati 200 million dollarlik besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilishi davom etmoqda

Toshkentda qiymati 200 million dollarlik besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilishi davom etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Ozarbayjonning “PASHA Real Estate” kompaniyasi rahbari Elchin Gadimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahrida “Ritz-Carlton” brendi ostida qurilayotgan, umumiy qiymati 200 million AQSH dollari bo‘lgan besh yulduzli mehmonxona va turarjoy majmuasi loyihasining amalga oshirilish jarayoni muhokama qilindi.

Loyiha doirasida Britaniyaning Benoy kompaniyasi bilan hamkorlikda obyektlarning bosh rejasi ishlab chiqilgan. Hozirda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Yil yakuniga qadar yerosti inshootlarini qurish bosqichi yakunlanib, binolarning ustki konstruksiyalarini barpo etish bosqichi boshlanishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling