Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 Toshkentda Oʻzbekiston-Bolgariya biznes forumi boʻlib oʻtdi

Toshkentda Oʻzbekiston-Bolgariya biznes forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 11-iyun kuni Toshkent shahrida Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston–Bolgariya biznes-forumi hamda G2B va B2B formatlaridagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatdan 200 dan ortiq ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari taqdim etildi. Prezident Rumen Radev mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, uchinchi bozorlarga chiqish, shuningdek, yuqori texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib oldilar. Forum yakunida qurilish, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, neft-kimyo va logistika sohalarida bir qator kelishuvlar imzolandi hamda hamkorlikni chuqurlashtirishning keyingi bosqichlari belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling