Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
Toshkentda O‘zbekiston–Belarus ishbilarmonlar kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston–Belarus ishbilarmonlar kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston–Belarus ishbilarmonlar kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24 fevral kuni Toshkent shahrida Belarus Respublikasi hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, Belarus Savdo-sanoat palatasi raisi Mixail Myatlikov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, tarmoq birlashmalari va ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda taʼkidlanganidek, Ishbilarmonlar kengashi ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va amaliy masalalarni tezkor hal etish uchun samarali platformaga aylangan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 242 taga yetgani qayd etildi. Ularning 57 tasi qo‘shma korxona, 185 tasi esa xorijiy korxonalardir. Bu raqamlar hamkorlikning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etadi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, to‘qimachilik va charm-poyabzal, mebelsozlik hamda yog‘ochni qayta ishlash sohalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi. Shuningdek, tarmoq komissiyalari doirasida yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida amaliy natija sifatida 12 ta hujjat imzolandi. Ular mashinasozlik va agrotexnika, to‘qimachilik va yengil sanoat, farmatsevtika, qurilish, oziq-ovqat sanoati, birja savdosi va logistika kabi keng qamrovli sohalarni o‘z ichiga oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling