Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligi ko‘magida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda ikki mamlakatning vazirliklari, tarmoq birlashmalari va kompaniyalaridan 100 dan ortiq vakillar, jumladan, “QazTrade” AJ, “Kedentransservis” AJ, “iMas Group”, “Medial Group”, “Asyl Dan Trade”, “StalTsink”, “Empire Food” va boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Aydar Abildabekov so‘zga chiqib, ikki tomonlama hamkorlikning yuqori darajasini hamda uni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdilar.

2025-yil yanvar–sentyabr oylarida ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 3,5 milliard dollarni (+16%) tashkil etdi, shundan 1,1 milliard dollar (+7%) O‘zbekiston eksportiga to‘g‘ri keldi. Hozirda mamlakatda 1157 ta qozoq kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda.

Forum doirasida O‘zbekistonning investitsiya muhiti taqdimoti, G2B va B2B uchrashuvlar o‘tkazildi hamda oziq-ovqat sanoati, qurilish va agro-sanoat kompleksida bir qator hamkorlik bitimlari imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling