Toshkentda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkentda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkentda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Jazoirning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Irqi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, joriy yilda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling