Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
Toshkentda O‘zbekiston – Slovakiya biznes forumi o‘z ishini boshladi

Toshkentda O‘zbekiston – Slovakiya biznes forumi o‘z ishini boshladi

Toshkentda O‘zbekiston – Slovakiya biznes forumi o‘z ishini boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9 iyun kuni Toshkent shahrida Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston – Slovakiya biznes-forumi o‘z ishini boshladi.

Forum O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Tadbirda Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari ham faol ishtirok etmoqda.

Forum doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, istiqbolli sohalar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling