Valyuta kurslari 18/08/2025
$1 – 12547.38
UZS – -0,27%
€1 – 14665.38
UZS – -0,22%
₽1 – 157.02
UZS – -0,46%
Qidirish
Turizm 18/08/2025 Toshkentda O‘zbekiston ovozi ko‘chasida to‘siqsiz piyodalar hududini yaratish ishlari yakunlandi

Toshkentda O‘zbekiston ovozi ko‘chasida to‘siqsiz piyodalar hududini yaratish ishlari yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt markazidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yangi to‘siqsiz piyodalar hududi qurilishi yakunlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Mirzo Ulug'bek tumaning O‘zbekiston ovozi ko'chasida 860 metr uzunlikdagi yo‘l, 1000 metr veloyo‘lak va 23 ming m² piyodalar yo‘lagi qayta qurildi. Yo‘lga chidamli granit toshlari yotqizilib, sirpanchiqlik xavfi kamaytirildi.

Yashil hudud ham alohida e’tibor markazida: barcha daraxtlar saqlanib, yana 10 ta daraxt va 62 ming tup buta ekildi. 1,9 km sug‘orish tizimi yangilandi, kommunal quduq qopqoqlari ko‘chaning konsepsiyasiga moslashtirildi.

Yangi ko‘cha piyodalarning qulayligi va xavfsizligiga qaratilgan zamonaviy, qulay va xavfsiz dam olish maskaniga aylanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling