Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 Toshkentda O‘zbekiston-O‘mon hukumatlararo komissiyasining 5-majlisi doirasida muzokaralar va biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston-O‘mon hukumatlararo komissiyasining 5-majlisi doirasida muzokaralar va biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘mon Sultonligi Savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida mehmonlar Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibida O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, IT xizmatlar eksportini rivojlantirish, startaplar uchun qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mehmonlar IT Park faoliyati bilan tanishib, O‘zbekistonda IT ekotizimining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalariga katta qiziqish bildirdilar.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vazir Sh. Shermatov boshchiligida UZINFOCOM markaziga tashrif buyurib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik IT loyihalari, xususan, elektron hukumat, axborot xavfsizligi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling