Valyuta kurslari 11/12/2025
$1 – 12020.90
UZS – 0,15%
€1 – 13988.72
UZS – 0,01%
₽1 – 155.49
UZS – -0,76%
Qidirish
Toshkentda Oʻzbekiston Milliy investitsiya kodeksini yaratish masalasi muhokama qilindi

Toshkentda Oʻzbekiston Milliy investitsiya kodeksini yaratish masalasi muhokama qilindi

Toshkentda Oʻzbekiston Milliy investitsiya kodeksini yaratish masalasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda, IISD ko‘magida «Xalqaro investitsion boshqaruvda uyg‘unlikni ta’minlash: O‘zbekiston uchun amaliy yondashuvlar» mavzusidagi xalqaro seminar tashkil etildi. Tadbirda investitsiya siyosatini shakllantirishga mas’ul davlat organlari vakillari ishtirok etdi.

Seminar milliy investitsiya tizimini zamonaviy, shaffof tartibga solish imkonini beruvchi Milliy investitsiya kodeksini ishlab chiqish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Ishtirokchilar xalqaro investitsiya bitimlari, milliy qonunchilik va investitsiya shartnomalari masalalarini muhokama qilib, investorlar huquqlarini himoya qilish va davlat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hamda institutsional uyg‘unlik masalalariga e’tibor qaratdilar.

Amaliy sessiyada investorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, investitsiya kafolatlari, nizolarni hal etish, DXSh, shuningdek investitsiya siyosatini yer, ekologiya, mehnat va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Milliy investitsiya kodeksini ishlab chiqish va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Bu esa O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini yanada oshirishga va biznes uchun yanada barqaror, xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling