Toshkentda nogironligi bo‘lgan ayol va qizlarni ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan NNTlar uchun trening boshlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 4 sentyabr kuni Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtiruvchi va ularning manfaatlarini ilgari suruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari uchun uch kunlik trening o‘z ishini boshladi.
Ushbu tadbir BMTning aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) tashabbusi va Global Disability Fund (BMT Nogironlar huquqlari bo‘yicha hamkorlik dasturi) tomonidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni isloh qilish: nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar, ayollar va erkaklar uchun inson huquqlariga asoslangan yondashuvni amalga oshirish» ko‘shma dasturi doirasida tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Treningning asosiy maqsadi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyatini taʼminlash uchun NNTlar salohiyatini oshirishdir. Ushbu tadbir 2025 yil may oyida o‘tkazilgan treningning davomi sifatida tashkil etilmoqda va NNTlar salohiyatini barqaror rivojlantirish uchun bilimlarni chuqurlashtirish hamda tajriba almashishga qaratilgan.
Trening davomida ishtirokchilar:
gender va oilaviy zo‘ravonlik haqida bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtiradilar;
nogironlik va gender zo‘ravonlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qiladilar;
nogiron va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin kizlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini o‘rganadi, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini ishlab chiqadi
xalqaro va milliy huquqiy-meʼyoriy hujjatlar hamda O‘zbekistondagi xizmat ko‘rsatish tizimini o‘rganadilar;
NNTlarning zo‘ravonlik holatlarini oldini olish va jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi rolini muhokama qiladilar;
hamkorlik tarmoqlari va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar.
30 dan ortiq NNT vakillari treningda ishtirok etmoqda. Ushbu jarayonda ular zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, jabrlanuvchilarni xizmatlarga yo‘naltirish, individual reabilitatsiya rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
YUNFPAning O‘zbekistondagi doimiy vakili doktor Nigina Abaszade o‘z ochilish so‘zida taʼkidladi:
«Biz uchun muhim vazifa — nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun barcha to‘siqlarni yo‘qotish. NNTlar bilan birgalikda biz ularga xizmatlarga yetishish imkoniyatini ochib, zo‘ravonlikka qarshi kurashda ishonchli tayanamoqdamiz».
Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi, shuningdek, davlat muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.