Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Toshkentda narkotiklar savdosi uchun mo‘ljallangan Telegram-bot egalari qo‘lga olindi

Toshkentda narkotiklar savdosi uchun mo‘ljallangan Telegram-bot egalari qo‘lga olindi

Toshkentda narkotiklar savdosi uchun mo‘ljallangan Telegram-bot egalari qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri Yunusobod tumanida narkotiklar savdosi amalga oshirilgan Telegram-bot egalari qo‘lga olindi, deya xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Mutaxassislar narkotik va psixotrop moddalar muomalasi, shuningdek kriptoaktivlarni qabul qilish, o‘tkazish va ayirboshlash uchun yaratilgan botni aniqladi.

Reyd davomida uch nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Hodisa joyidan to‘rtta mobil telefon, uchta noutbuk, 12 ta bank kartasi, 11 ta SIM-karta hamda qog‘ozga o‘ralgan narkotik moddalar musodara qilindi.

Ikki nafar gumonlanuvchining telefonlarini ko‘zdan kechirish natijasida xorijiy va boshqa elektron kriptokoshelyoklar orqali umumiy aylanmasi 2,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan taxminan 95 mingta tranzaksiya aniqlandi.

Uchinchi gumonlanuvchining yashash joyida esa 550 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, barcha qo‘lga olingan shaxslar hibsda saqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling