Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
Toshkentda xorijda ishlashga tayyorgarlik ko‘rish uchun Xalqaro tillar va ko‘nikmalar maktabi ochildi

Toshkentda xorijda ishlashga tayyorgarlik ko‘rish uchun Xalqaro tillar va ko‘nikmalar maktabi ochildi

 

Toshkentda xorijda ishlashga tayyorgarlik ko‘rish uchun Xalqaro tillar va ko‘nikmalar maktabi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan — xorijda mehnat qilishni maqsad qilgan hamyurtlarimizni zamonaviy talablar asosida tayyorlash uchun Xalqaro til va ko‘nikmalar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yangi tashkil etilgan taʼlim maskani Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan bo‘lib, 320 o‘rinli o‘quv binosida o‘quv xonalari, til laboratoriyalari va amaliyot o‘tish uchun hamma sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, 350 o‘rinli barcha qulayliklarga ega yotoqxona hududlardan kelib tahsil olayotganlar uchun xizmat qiladi.

Joriy yil noyabr oyidan boshlab, maktabda quyidagi xalqaro hamkorlik dasturlari bo‘yicha tanlovlardan o‘tgan nomzodlar uchun bepul asosda darslar boshlanadi:

“Globogate Concept AG” loyihasi asosida — Germaniyada ishlashga tayyorlanayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 9 oylik maxsus tayyorlov dasturi;

Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi bilan hamkorlikda — Yaponiyada xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritishni istovchi fuqarolar uchun tayyorlov kurslari.

Ushbu loyihada 6 oy davomida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiya davlatining korxonalariga ishga joylashadi.

Loyihalar doirasida har yili 1500 nafarga yaqin yurtdoshlarimizni xalqaro standartlar asosida xorijiy til va kasbiy ko‘nikmalarga tayyorlash rejalashtirilgan.

Xalqaro til va ko‘nikmalar maktabi – bu faqat o‘quv markazi emas, balki hamyurtlarimizning xorijiy davlatlarda yetuk kadr sifatida munosib mehnat faoliyatini olib borish va tajriba orttirishlari uchun tayyorgarlik platformasidir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling