Toshkentda “Made in Afgʻoniston Expo 2026” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
Toshkentda “Made in Afgʻoniston Expo 2026” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25–28 mart kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Made in Afghanistan Expo – Tashkent 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli tadbirda ishtirok etish maqsadida Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi raisi Muhammad Karim Hoshimiy boshchiligida 120 nafarga yaqin ishbilarmonlar delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi.
Ko‘rgazma Afg‘onistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlarni namoyish etish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan muhim platforma hisoblanadi.
Tadbir doirasida o‘zbekistonlik va afg‘on tadbirkorlar o‘rtasida B2B uchrashuvlar, biznes muloqotlar va yangi hamkorlik kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.