Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bartaraf etildi

Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bartaraf etildi

Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Konimex tumani bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

F.D. ismli fuqaro qo‘lga olinib, u xorijda ishlab chiqarilgan, tarkibida kuchli taʼsir etuvchi moddalar mavjud bo‘lgan besh turdagi 1 200 dona dori vositasini fuqaro Sh.X.ga jami 6,9 million so‘mga sotgani aniqlandi.

Tergov harakatlari jarayonida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan uning yashash manzilidan daliliy ashyo sifatida 16 ta qutida jami 480 dona kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari musodara qilindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling