Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Toshkentda «jonli konteyner» orqali oltin olib chiqish harakati to‘xtatildi

Toshkentda «jonli konteyner» orqali oltin olib chiqish harakati to‘xtatildi

Toshkentda «jonli konteyner» orqali oltin olib chiqish harakati to‘xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro aeroportida passajir ayollar orqali yashirin oltin olib chiqishga urinish oldindan to‘xtatildi.

Tamojnya va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma shaxsiy tekshiruvda Stambulga uchishdan oldin ikki ayolning sezilarli tarzda xavotirlanishi aniqlandi.

Tekshiruvda maʼlum bo‘lishicha, ayollardan biri ichki aʼzolari orqali 252 gramm, ikkinchisi esa 158 gramm oltinni olib o‘tishga uringan. Ularning sumkalaridan bojxona nazorati uchun deklaratsiya qilinmagan qo‘shimcha 64 gramm taqinchoqlar topilgan.

Dastlabki baholashlarga ko‘ra, musodara qilingan oltinning umumiy qiymati taxminan 720 million so‘mga (taqriban 60 ming AQSH dollari) teng.

O‘z salomatligini bu zaylda jiddiy xavfga qo‘yish ayollar uchun og‘ir oqibatga olib kelishi mumkin. Chunki, zargarlik buyumlarining qirralari ichki aʼzolarni shikastlashi orqali ichki qon ketishi, organimzga infeksiya tushishi kabi ko‘nglisiz holatlar ham sodir bo‘lishi mumkin edi.

Yo‘lovchilar zargarlik buyumlari ularga tegishli emasligini daʼvo qilishdi, ammo hozirda vaziyatni aniqlash va qimmatbaho buyumlarni qonuniy egalariga qaytarish uchun bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Mutasaddilar taʼkidlashicha, moddiy manfaatlar inson salomatligi va qadr-qimmatini xatarga qo‘yish uchun asos bo‘la olmaydi. Ayollar “konteyner” emas, ularning hayoti, sog‘lig‘i va sharafi esa birinchi o‘rinda qoladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling