Valyuta kurslari 16/03/2026
$1 – 12081.63
UZS – -0,17%
€1 – 13837.09
UZS – -1,1%
₽1 – 150.44
UZS – -1,72%
Qidirish
Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi quriladi

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi quriladi

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Xitoyning JAC Motors kompaniyasi avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod barpo etiladi. Korxona mamlakat poytaxtidagi Yangi Avlod maxsus sanoat zonasi hududida joylashadi.

JAC Motors Tashkent loyihasiga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 135 million AQSH dollarini tashkil etadi. Zavod yiliga 30 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Qurilish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning birinchi bosqichi 2026 yilga rejalashtirilgan.

Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, yangi zavodda ishlab chiqarilgan mahsulot eksporti hajmi taxminan 5 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim qadam bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling