Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda Istirohat ko‘chasidagi ikki qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar Shayxontohur tumanida ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar qutqaruv xizmati.
26 noyabr kuni soat 14:54 da 112 tizimi orqali Istirohat ko‘chasida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 15:03 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘rab olingan va soat 15:15 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning taxminan 100 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Hozirda yong‘in sabablarini aniqlash va yetkazilgan zarar miqdorini baholash ishlari olib borilmoqda.