Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi
Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda 24 martdan isitish mavsumini bosqichma-bosqich yakunlash boshlanadi. Qaror bahorgi iliq ob-havo barqarorlashgani va turar joylarda qulay harorat sharoitini taʼminlash zaruriyatini inobatga olgan holda qabul qilingan.
Yaqinlashib kelayotgan bayram kunlarida aholi qulay sharoitda dam olishi uchun issiqlik taʼminoti saqlab qolinadi.
Bosqichma-bosqich o‘chirish haroratning keskin o‘zgarishlarini oldini olish, muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlash hamda kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirish imkonini beradi.
Shahar xizmatlari kuchaytirilgan tartibda ishlashda davom etadi, issiqlik taʼminoti tizimlarining faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi va zarurat tug‘ilganda tezkor chora ko‘radi.
Mazkur yondashuv resurslardan oqilona foydalanishga va shaharni isitish mavsumini to‘liq yakunlashga tayyorlashga xizmat qiladi.