Toshkentda ilk bor MICHELIN Key xalqaro mukofoti berildi
Toshkentda ilk bor MICHELIN Key xalqaro mukofoti berildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimligi xizmat ko‘rsatish, me’morchilik va umumiy mehmondo‘stlikning yuqori standartlariga mos keladigan mehmonxonalarga beriladigan MICHELIN Key xalqaro mukofoti bilan tabriklaydi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta InterContinental Tashkent mehmonxonasi ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi. MICHELIN Key mukofotining berilishi poytaxtda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar xalqaro talablarga javob berishi va muntazam ravishda takomillashib borayotganidan dalolat beradi.
Bu e'tirof nafaqat alohida obyekt uchun, balki butun shahar uchun ham ahamiyatli bo‘lib, sohaning izchil rivojlanishini va Toshkentning xalqaro sayyohlik makonidagi mavqeyining mustahkamlanishini aks ettiradi.
Poytaxtda MICHELIN Key tomonidan e’tirof etilgan birinchi obyektning paydo bo‘lishi xorijiy mehmonlarning ishonchini oshirishga xizmat qiladi hamda xalqaro reytinglar, tahlillar va shaharni raqamli idrok etishda hisobga olinadi.