Valyuta kurslari 24/12/2025
$1 – 12052.33
UZS – 0,35%
€1 – 14213.31
UZS – 0,89%
₽1 – 153.71
UZS – 1,63%
Qidirish
Toshkentda ilk bor “Central Eurasian Venture Forum 2026” o‘tkaziladi

Toshkentda ilk bor “Central Eurasian Venture Forum 2026” o‘tkaziladi

Toshkentda ilk bor “Central Eurasian Venture Forum 2026” o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investorlar va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan nufuzli venchur tadbir — Central Eurasian Venture Forum 2026 (CEVF) 2026-yil 3-aprel kuni ilk bor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

MOST Investitsion xolding tomonidan tashkil etilayotgan yubiley — beshinchi Central Eurasian Venture Forum doirasida Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan investorlar, venchur fondlar, korporatsiyalar, texnologik tadbirkorlar hamda rivojlanish institutlarini Toshkentda jamlaydi.

CEVF 2026 yangi global sharoitlarda investitsiyalar, venchur va sun’iy intellektga asoslangan kompaniyalarni rivojlantirish yondashuvlaridagi o‘zgarishlarga bag‘ishlanadi. Forumning kun tartibi “The Next Frontier for Smart Capital” mavzusi ostida e’lon qilingan. 

Forum so‘nggi to‘rt yil davomida aniq va o‘lchanadigan natijalarni namoyish etdi: tadbirlarda 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi, mintaqadan yuzlab investorlar va startaplar ishtirok etdi, shuningdek, o‘ndan ortiq memorandum va hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Forum IT Park O'zbekiston bilan hamkorlikda tashkil etilib, xorijiy kapitalni jalb etish, yangi fondlar va hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lishi kutilmoqda.

 “Central Eurasian Venture Forum” xorijiy kapitalni jalb etish, yangi investitsiya fondlari va uzoq muddatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun samarali muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling