Toshkentda ikki avtomobil to‘qnashdi, ikki kishi jarohatlandi

Toshkentda ikki avtomobil to‘qnashdi, ikki kishi jarohatlandi

Toshkentda ikki avtomobil to‘qnashdi, ikki kishi jarohatlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Mirabod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, natijada ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 23 mart kuni taxminan soat 23:50 da Nukus va Amir Temur ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Malibu-2 va Spark rusumli avtomobillar to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Malibu-2 haydovchisi hamda Spark avtomobili yo‘lovchisi jarohat olgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan holat sabablarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling