Toshkentda Hindistonning ikkinchi ayollar kinofestivali «Sashakt Nari – Celebrating Womanhood» bo‘lib o‘tadi
Toshkentda Hindistonning ikkinchi ayollar kinofestivali «Sashakt Nari – Celebrating Womanhood» bo‘lib o‘tadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi Toshkent shahrida 2026 yil 13–15 mart kunlari Hindistonning ikkinchi ayollar kinofestivali «Sashakt Nari – Celebrating Womanhood» o‘tkazilishini eʼlon qildi.
Tadbir Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, Hindiston Axborot va efirga uzatish vazirligi, Hindiston Milliy kinoni rivojlantirish korporatsiyasi ko‘magida hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Festival doirasida hayotdagi qiyinchilik va sinovlarni jasorat, matonat va sabr-toqat orqali yengib o‘tayotgan ayollar taqdiriga bag‘ishlangan mashhur hind filmlari namoyish etiladi.
Kino namoyishlari Milliy kinematografiya sanʼati saroyida — “Panorama” kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar barcha kino ishqibozlarini festivalga tashrif buyurib, oila aʼzolari va do‘stlari bilan birga filmlar tomosha qilishga chorlab, zamonaviy kinematografiyada ayollar haqidagi hikoyalar va ilhomlantiruvchi obrazlarning ahamiyatini alohida taʼkidladilar.