Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
Toshkentda Hindiston Savdo palatasi delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tadi

Toshkentda Hindiston Savdo palatasi delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tadi

Toshkentda Hindiston Savdo palatasi delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil dekabr oyining birinchi yarmida Toshkentda yirik O'zbekiston-Hindiston biznes-forumi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Unda Hindiston Savdo palatasiga (Indian Chamber of Commerce - ICC) a'zo yetakchi kompaniyalarning 25-30 nafar rahbaridan iborat delegatsiya ishtirok etadi.

O'zbekistonning Hindistondagi diplomatik vakolatxonasida ICC direktori o'rinbosari Palash Kumar Adhikari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida bu haqda kelishuvga erishildi. Muzokaralar chog'ida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish bo'yicha navbatdagi amaliy qadamlar muhokama qilindi.

Biznes-forum O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning mantiqiy davomi bo'ladi. So'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar barqaror ijobiy sur'at ko'rsatmoqda: tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, turli sohalarda qo'shma loyihalar muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq etilmoqda.

O'zbekistonda tizimli islohotlarni amalga oshirish orqali biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada Hindiston kompaniyalarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritayotgan sarmoyalari ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur forum ishbilarmonlik hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishda amaliy vositaga aylanishi ko'zda tutilgan.

O'zbekistonga Hindistonning energetika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, to'qimachilik, farmatsevtika va sog'liqni saqlash, qishloq va suv xo'jaligi kabi muhim tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan yetakchi korporatsiyalari va o'rta biznes vakillarining tashrifi kutilmoqda.

Hindiston delegatsiyasi dasturida biznes-forumda ishtirok etishdan tashqari, O'zbekistonning turli vazirlik va idoralari, Savdo-sanoat palatasi, sanoat birlashmalari vakillari bilan qator uchrashuvlar hamda muzokaralar ham o'rin oladi.

Bu ikki davlat ishbilarmonlariga to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatish, salohiyatli loyihalar, sarmoyaviy takliflar, sanoat kooperatsiyasi istiqbollarini atroflicha muhokama qilish imkonini beradi.

1925-yilda Kalkutta shahrida tashkil etilgan Hindiston Savdo palatasi mamlakatning eng keksa, nufuzli va faol milliy biznes uyushmalaridan biri bo'lib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda yuqori mavqega ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling