Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda gaz quvurida avariya: yuzlab uylar gazsiz qoldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26 fevral kuni tungi vaqtda Toshkentning Yashnobod tumanida yuk mashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urildi va bu gaz chiqib ketishiga sabab bo‘ldi.
Natijada “Bog‘bon” mahallasidagi 300 ta xonadon, “Argin” mahallasidagi 400 ta xonadon hamda 15 ta yirik isteʼmolchi gaz taʼminotidan vaqtincha uzildi.
Hozirda hodisa joyida tuman gaz taʼminoti xizmati mutaxassislari taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.
Gaz taʼminoti avariyadan keyingi tiklash ishlari yakunlangach qayta tiklanadi.