Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
Toshkentda FVB inspektori pora olayotganida ushlandi

Toshkentda FVB inspektori pora olayotganida ushlandi

Toshkentda FVB inspektori pora olayotganida ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasining Yunusobod tuman boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berishni vaʼda qilib, joriy yilning fevral oyida MCHJ rahbaridan 6,5 mln so‘m olgan.

Biroq, u turli bahonalar bilan vaʼdasini bajarmasdan kelganligi sababli, fuqaro undan pullarini qaytarishni talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling