Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Toshkentda FIDE Jahon kubogi chempioni Javohir Sindarov tantanali kutib olindi

Toshkentda FIDE Jahon kubogi chempioni Javohir Sindarov tantanali kutib olindi

Toshkentda FIDE Jahon kubogi chempioni Javohir Sindarov tantanali kutib olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Toshkent xalqaro aeroportiga milliy aviakompaniya Uzbekistan Airways‘ning Dehlidan uchib kelgan HY-424 reysi qo‘ndi. Uning bortida FIDE Jahon kubogi g‘olibi va turnir tarixidagi eng yosh chempion — 19 yoshli grossmeyster Javohir Sindarov bor edi.

Chempionning g‘alabali qaytishi munosibati bilan aeroportning ichki avialiniyalar terminalida tantanali uchrashuv tashkil etildi. Sindarovni tabriklash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, sport tashkilotlari vakillari, shaxmatchi hamkasblari, shuningdek, yosh grossmeysterning yaqinlari keldi.

Kecha Javohir Sindarov finalda xitoylik shaxmatchi Vey I ustidan munosib g‘alaba qozonib, Jahon kubogida zafar quchdi va 2026 yil Pretendentlar turniriga yo‘lni taʼminladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sindarovga shaxmat sohasidagi ulkan yutuqlari uchun «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvonini berdi.

Davlat rahbari chempioning xizmatlarini eʼtirof etib, unga uch xonali kvartira topshirdi, sportchining murabbiylariga esa pul mukofotlari belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling