Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda elektromobil yong‘ini bartaraf etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Olmazor tumanida elektromobil yonishi holati qayd etildi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 8 aprel kuni soat 21:14 da Beruniy ko‘chasi, 2-uy manzilida transport vositasi yonishi haqida navbatchi qismga xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 21:18 da tezkorlik bilan yetib bordi. Yong‘in soat 21:28 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.